Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

David Raya — APLning eng yaxshi darvozaboni

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Darvozabon "Oltin qo‘lqop"ni qo‘lga kiritdi!

"Arsenal" darvozaboni David Raya joriy mavsum APLning eng yaxshi posboni sifatida e'tirof etildi.

Ispaniyalik kiper chempionatda 17 ta "quruq" o'yin o'tkazdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi Janluiji Donnarumma hisobida esa 13 ta shunday o'yin bor.

"Manchester Siti"ga mavsum yakunigacha yana to'rtta o'yin qolgan. Agar Donnarumma ushbu bahslarning barchasida gol o'tkazmasa va Raya "Arsenal"ning qolgan uchta o'yining har birida gol o'tkazib yuborsa, unda ular mukofotni bo'lishib olishadi.

Shu tariqa, Raya "Oltin qo'lqop"ni ketma-ket uchinchi mavsum qo'lga kiritadi. Bungacha bunday natijaga faqat Xose Reyna, Jo Hart va Ederson erishgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q