Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

"Davis Cup": Terma jamoamizning raqibi aniq bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Tennischilarimizni jiddiy sinov kutmoqda

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan kelasi yili erkaklar o‘rtasida o‘tkaziladigan "Davis Cup" turnirining saralash bahslariga qur’a tashlandi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Serbiya va Frantsiya terma jamoalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tadigan final bosqichining guruh bahslari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qolgan 12 ta terma jamoa esa 2020 yilning 6-7 mart kuni boshlanadigan saralash bosqichida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Amerika Qo‘shma Shtatlari termasiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari mazkur musobaqada so‘nggi marotaba 2015 yilda poytaxtimizda o‘zaro kuch sinashgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q