Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

De Xea APLga qaytishi mumkin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

De Xeaga jamoa topildi

Ispaniyalik darvozabon David de Xea Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

"Todofichajes" nashrining ma’lum qilishicha, Londonning "Tottenxem" klubi 33 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Shporlar"ni qiziqtiradigan narsa shundaki, De Xea hozirda erkin agent bo‘lib turibdi va bu bu ingliz grandi uchun ayni muddao. Kelishuv yanvar oyidagi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, David Angliya chempionatida uzoq vaqt o‘ynagan. Ispaniyalik darvozabon 2011 yildan 2023 yilgacha "Manchester Yunayted" darvozasini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q