Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

De Xea «Fiorentina»dagi kelajagi ma'lum

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Fiorentina» rahbariyati David de Xeani kelasi mavsumda ham asosiy darvozabon sifatida jamoada qoldirishga qaror qildi.

«Fiorentina»ning 35 yoshli ispaniyalik darvozaboni David de Xea kelajagiga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Biroq insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, «Fiorentina» rahbariyati qarorini o‘zgartirgan va de Xeani kelasi mavsumda ham asosiy darvozabon sifatida jamoada qoldirishga qaror qilgan.

De Xea 2024 yilda italyalik klub safiga qo‘shilgan. 

O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 46 ta o‘yinda maydonga tushdi, 59 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 bor darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Darvozabonning «Fiorentina» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq xabar berilgandek, florentsiyalik klub de Xeani qiziqarli taklif tushgan taqdirda sotishga tayyor ekani aytilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q