Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

De Yong "Barsa"dan ketmoqchi emas

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Unga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klubi ro‘yxatini o‘zgartirishni istamayapti.

So‘nggi kunlarda matbuotda 26 yoshli futbolchining yaqin orada "ko‘k-anorranglilar"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Barselona" niderlandiyalik yarim himoyachini sotish orqali moliyaviy qiyinchiliklarni hal qilmoqchi.

"Football Transfers" portali ma’lumotlariga ko‘ra, de Yongning o‘zi bu yozda Kataloniyadan ketish niyatida emas. Unga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. "Transfermarkt" portali Frenkini 80 million evroga baholamoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q