Deku: Ferran "Barsa"dan ketmoqchi edi
Ishlari yurishib ketganini sezgan ekan
«Barselona» sport direktori Deku jamoani tark etib, «Pari Sen-Jermen» safiga o‘tgan hujumchi Ferran Torres haqida fikr bildirdi.
Yozgi transfer oynasida ispaniyalik futbolchi «Barselona»dan PSJga ko‘chib o‘tdi. Kataloniya klubi bu kelishuvdan taxminan 50 million yevro daromad oldi.
«Uning PSJ tarkibida xet-trik qayd etganidan xursandman. Biz o‘zimiz uchun yuzaga kelgan vaziyatdan munosib chiqib ketdik. Ferran jamoada ko‘proq yetakchi rol o‘ynashni istardi. Agar futbolchi ketishni xohlasa, uning fikrini eshitishimiz kerak», — dedi Deku El Món a RAC1 dasturi efirida.
Torres «Barselona» sharafini 2022 yildan 2026 yilgacha himoya qildi. Ushbu davr mobaynida u jamoa tarkibida 207 o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urdi va 23 marta golli uzatma berdi.
«PSJ» uchun ilk to‘rt uchrashuvdayoq 26 yoshli hujumchi beshta gol muallifiga aylandi.

Izohlar (0)