Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dele Alli oʻziga yangi klub topdi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Monca» klubi erkin agent bo‘lgan Dele Allini taklif etishni ko‘rib chiqmoqda, u A Seriyaga qaytishi mumkin

2025 yildan buyon Dele Alli klubsiz qolgan. Kuzda yarimhimoyachi «Komo» jamoasini tark etdi va shundan beri erkin agent maqomida yuribdi. Bu esa uni istagan klubga tekin asosida o‘tishi mumkinligini anglatadi.

Manbalarga ko‘ra, angliyalik futbolchiga yangi da’vogar paydo bo‘ldi. Ehtimol, u yana Italiya chempionatiga — A Seriyaga qaytishi mumkin.

Dele Alli xizmatlariga «Monca» klubi qiziqish bildirgani aytilmoqda. Jamoa Italiyaning oliy divizioniga qaytgan va hozir yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun tajribali futbolchini taklif etish imkonini ko‘rib chiqmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q