Dembele Enrikedan norozi

  • 25.12.2025 21:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi Usmon Dembele jamoadagi o‘yin amaliyotidan noroziligini bildirdi. "Oltin to‘p" va FIFA talqini bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchi sovrini sohibi maydonda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishni hoxlamoqda. Bu haqda Canal+’ga tayanib, Dailysports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi klubda unga berilayotgan vaqt miqdoridan qoniqish hosil qilmayapti. U ko‘proq o‘ynashga bel bog‘lagan, biroq PSJ ustozi Luis Enrike Dembelening asosiy tarkibga qaytishida ehtiyotkorlik bilan yondashishni ma’qul ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Dembele PSJ safida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!