Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dembele Enrikega jiddiy e'tiroz bildirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Munosa­bat buzilgan

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usman Dembele o‘zini yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emas, deb hisoblamoqda.

Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrique 29 yoshli futbolchiga tez-tez qo‘shimcha dam olish beradi. Murabbiyning rejasiga ko‘ra, Dembele shunday qilib muhim o‘yinlarga eng yaxshi jismoniy holatda tayyor bo‘lishi kerak. 

Ammo L'Equipe nashri yozishicha, futbolchining o‘zi bu yondashuvdan mamnun emas. Fransiyalik hujumchiga ko‘ra, u oddiy, kundalik uchrashuvlarda ham ko‘proq maydonga tushishi kerak, shunda o‘yin amaliyotini yo‘qotmaydi va zarur paytda 90 daqiqa to‘liq harakat qila oladi.

Joriy mavsumda Usman Dembele barcha musobaqalar doirasida «PSJ» tarkibida yetti o‘yin o‘tkazib, ikki gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q