Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dembele keyingi mavsumni qaerda boshlashini hal qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bir qarorga keldi

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Pari Sen-Jermen" klubi yetakchisi Usmon Dembelga boshqa klublardan manfaatli chorlovlar ko'payib bormoqda. 

Jurnalist Fabris Xokins ma'lumotlariga ko'ra, fransuz hujumchisi boshqa jamoalardan qiziqish  ortib borayotganiga qaramay, kelasi mavsumni ham hozirgi klubida boshlashni istayapti. 

Xabar qilinishicha, tomonlar yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Muzokaralar osoyishta ruhda ketmoqda, barcha masalalarni yakuniy tarzda hal etish jahon chempionatidan keyingi vaqtda amalga oshiriladi. 

Manba ta'kidlashicha, amaldagi "Oltin to'p" sohibining o'zi ham faoliyatini Parijda davom ettirish tarafdori va jamoani tark etish variantlarini ko'rib chiqmayapti. Klub rahbariyati esa jamoaning yetakchi o'yinchilaridan biri bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q