
Dembele Messining rekordini yangiladi
Frantsiya chempionatining 24-tur doirasida PSJ "Lill" ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alaba qozondi. Parij klubining gollaridan birini Usmon Dembele kiritdi.
Frantsiyalik futbolchi uchun bu gol joriy yilda 18-si bo‘ldi. Bu XXI asrda 1-martgacha urilgan eng yaxshi natija hisoblanadi. Dembele Lionel Messining rekordini ortda qoldirdi. 2016 yilda Messi "Barselona" safida 1-martgacha 17 ta gol urgan edi.
Ushbu uchrashuvdan keyin Luis Enrike shogirdlari Frantsiya chempionatidagi etakchiligini mustahkamladi. PSJ 62 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rindagi "Marsel"dan 16 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar