Dembele PSJ taklifiga qanday javob berdi?
Kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.
Jurnalist Djamel xabariga ko‘ra, tomonlar yangi mehnat kelishuvi shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Klub ham, futbolchining o‘zi ham hamkorlikni davom ettirishni istagani uchun muzokaralar ijobiy yakun topishi kutilgan natija bo‘ldi. Rasmiy e’lon qachon berilishi hozircha ma’lum emas.
Usmon Dembele 2023 yil avgust oyida «Barselona»dan PSJga o‘tgan. 29 yoshli fransuz hujumchi Parij jamoasi safida umumiy hisobda 145 ta o‘yin o‘tkazib, 65 ta gol urgan va 48 ta golli pas bergan. Hozirgi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Izohlar (0)