Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istominning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Denis bugun tunda kortga chiqadi

Florida shtatining Delrey-Bich shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning saralash bahslarini hamyurtimiz Denis Istomin g‘alaba bilan boshladi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi saralashning 1/2 finalida ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopesni 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muyassar bo‘ldi.
Endi Denis asosiy to‘rga yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda amerikalik Noy Rubinga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q