Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istominning raqibi aniq bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Tennischimiz o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlaydi.

Germaniyaning Xeylbronn shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Heilbronner Neckarcup" musobaqasining yakkalik bahslarida ilk davra uchrashuvlari yakunlandi.

Sovrin jamg‘armasi 92,040 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda germaniyalik Oskar Otte chexiyalik Lukash Rasolni mag‘lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Enli Oskar navbatdagi bosqichda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominga qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q