Denis Korostichenko endi "Olimpik"da ishlamaydi
Toshkentning “Olimpik” klubi ikki bosqichli pley-off uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragach, Superligani tark etganini bilasiz.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bosh murabbiy Denis Korostichenko bugun iste’foga chiqarildi. Mutaxassis Sports.uz jurnalistiga bu xabarni tasdiqladi. Korostichenko “Olimpik”da joriy yil boshidan ishga kirishgan va mavsum o‘rtasida bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumki, “Metallurg” klubi Superligada ishtirok eta olmasligi aniq bo‘lgach, O‘zPFL uning o‘rniga birinchi nomzod sifatida “Olimpik” klubini ko‘rsatgan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar