Desham mard odam ekan
Frantsiya 14 yil boshqarish oson emas
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga (0:2) mag‘lub bo‘lganiidan so‘ng jamoa kutgan uchinchi o‘rin uchun bahs haqida fikr bildirdi.
Avvalroq mutaxassis jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etishini ma’lum qilgan edi. Shu bois, bronza medallari uchun o‘yin Desham uchun Frantsiya terma jamoasi boshidagi so‘nggi bahs bo‘ladi.
- Uchinchi o‘rin uchun o‘yinmi? Men hali ham to‘liq ishga berilib turibman, yigitlar bilan birga bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘raman...
Mening maqsadim — musobaqani oxirigacha munosib tarzda yakunlash. Chempionlikni qo‘lga kiritolmadik, albatta, bu juda katta ranjish. Baribir gap jahon chempionati haqida ketyapti. Lekin biz to‘g‘ri va juda yaxshi bajargan ishlarni kamsitmoqchi emasman.
Bu yerda barcha jamoalar musobaqa sharoiti bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch keldi. Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasining mahoratini ham kamsitmayman — ular maydonda o‘yinni to‘liq nazorat qildi, — deya Desham so‘zlarini keltiradi L'Équipe nashri.
Frantsiya terma jamoasining bronza uchun raqibi Angliya yoki Argentina bo‘ladi. Ushbu juftlikda g‘olib chiqqan jamoa 2026 yildagi jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi, mag‘lub tomon esa Frantsiya bilan uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.

Izohlar (0)