Devid «Yuventus»da qolmoqchi

  • 08.07.2026 18:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid Turin klubida qolib, o‘zini yana bir bor ko‘rsatishga umid qilmoqda. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kanadalik futbolchi klubdan ikkinchi imkoniyat kutmoqda va muxlislar oldida o‘tgan mavsumdagi omadsiz o‘yinlarini unuttrishni istaydi. Shu bilan birga, «Yuventus» asosiy tarkib uchun yangi hujumchi izlashni davom ettirmoqda. 

 

Turinliklar «PSJ» forvardi Randal Kolo-Muani transferi bo‘yicha ish olib bormoqda. Bundan tashqari, klub yaqinda «Djenoa» tarkibidan yosh hujumchi Jeff Ehatorni ham o‘z safiga qo‘shib oldi.

Devidning yillik maoshi taxminan 6 million yevro atrofida ekani uni sotish jarayonini qiyinlashtirayotgani qayd etilmoqda. Bunday yuqori maoshga rozi bo‘ladigan klub topish oson emas.

 

Kanada terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Jonatan Devid 2025 yil yozida «Yuventus»ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsumda Seriya A doirasida 35 o‘yinda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 6 ta gol urdi. Shu tariqa u professional faoliyatida ilk bor chempionatda 10 gollik nishonni zabt eta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!