Asosiy mazmunga oʻtish

Devis kubogi. O‘zbekiston - AQSh qarama-qarshiligi bugun ham davom etadi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Vakillarimizning ahvoli tang.

Kecha Devis kubogi jahon saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlandi. Unda har ikki terma jamoa etakchilari yakkalik bellashuvlarida o‘zaro bahs olib borishadi.

Afsuski, ushbu o‘yinlarda ikkala vakilimiz ham imkoniyatni boy berdi:

Sergey Fomin – Makkenzi Makdonald 4:6, 1:6

Humoyun Sultonov – Tommi Paul 1:6, 6:7

Bugun O‘zbekiston va AQSh terma jamoalarining ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.

Dastlab Fayziev / Fomin juftligi Kraychek / Ram tandemiga qarshi kortga chiqadi. Kechagi bahslardan so‘ng okean orti vakillari 2:0 hisobida oldinda borishmoqda. Musobaqa bir jamoaning uchinchi g‘alabasigacha davom etishini inobatga olsak, amerikalik tennischilarning g‘alabasi ularni keyingi bosqichga olib chiqadi. Agar unda hamyurtlarimizning qo‘li baland kelsa, yakkalik bahslariga navbat beriladi. Bugun quyidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz:

Sanjar Fayziev / Sergey Fomin - Ostin Kraychek / Rajiv Ram
Sergey Fomin - Tommi Paul
Humoyun Sultonov - Makkenzi Makdonald

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q