Di Mariya: Messi terma jamoada o‘zi xohlaganicha o‘ynashi kerak
Anxel Di Mariya Lionel Messi terma jamoada o‘zi istaganicha o‘ynashi kerakligini aytdi va Skaloni qolishidan umidvorligini bildirdi.
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Anxel Di Mariya Lionel Messining milliy jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, 39 yoshli forvard terma jamoa safida o‘zi istaganicha o‘ynash huquqiga ega. Di Mariyaga koʻra, Messi hali ham futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilardan biri boʻlib qolmoqda va xalqaro maydonda yana bir necha yil yuqori darajada harakat qila oladi.
«Messi terma jamoa uchun oʻzi xohlaganicha oʻynashi kerak. Menimcha, u yana koʻp yillar davomida maydonga tushishga qodir», — dedi Di Mariya.
Sobiq futbolchi shuningdek jahon chempionati-2026 finalida Ispaniyaga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng Argentina terma jamoasi oʻyinchilarini qo‘llab-quvvatladi va bosh murabbiy Lionel Skaloni oʻz lavozimida qolishidan umidvor ekanini bildirdi.
Musobaqa yakunlangandan so‘ng Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻldi.


Izohlar (0)