Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Diabi «Bayer»ga qaytdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mussa Diabi «Bayer»ga qaytdi va 2031 yil o‘rtalarigacha klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Frantsiyalik hujumchi Mussa Diabi «Bayer» safiga qaytdi. 2019–2023 yillarda Leverkuzen klubi sharafini himoya qilgan vinger yana «farmatsevtlar» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

27 yoshli futbolchi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Diabi «Bayer» tarkibida yana 19-raqam ostida maydonga tushadi.

So‘nggi ikki mavsumni Diabi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubida o‘tkazdi. U yerda u 73 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol urdi va 33 golli uzatma amalga oshirdi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, saudiyaliklar hujumchi uchun 30 million yevro miqdorida tovon puli qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatining birinchi turida «Bayer» kutilmaganda «El’fersberg» jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q