Dibala: “Messi va Ronalduning oʻxshash jihatini aytdi”

  • 19.02.2026 23:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Paulo Dibala Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni bilan ham o‘ynagan. "Roma" futbolchisi ulardan qaysi biri kuchliroq degan azaliy savolga javob berdi. Dibala kutilganidek to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan o‘zini olib qochdi.

"Texnik jihatdan Messi va Ronalduni turlicha, ammo ruhiy jihatdan ular bir-biriga juda o‘xshash. Ikkalasi ham aql bovar qilmaydigan raqobatbardosh mentalitetga ega, ular har doim g‘alaba qozonishni xohlashadi.

Texnik jihatdan ularning kuchli tomonlari turlicha, lekin ikkalasi ham haqiqiy yirtqich"
, - deya Dibalaning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Lionel Messi faoliyatida 8 marta, Krishtianu Ronaldu esa 5 marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. Hozirda Messi "Inter Mayami", Ronaldu esa "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!