Didye Desham: “Fransiyaga uning gollari kerak"
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jamoa yetakchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.
"U o‘z jamoasining mudofaa harakatlariga yetarli hissa qo‘shmagani uchun tez-tez tanqid qilina boshlandi. Men bu tanqidlarga qo‘shilmayman. Bizda u haqida noto‘g‘ri fikr bor. Mbappe xudbin bo‘lib tuyilishi mumkin, lekin u unday emas. U maydondan-da yugurish bo‘yicha rekordchi emas. Ammo Frantsiyaga uning gollari kerak", - dedi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Desham 2012 yildan beri Frantsiya terma jamoasiga murabbiylik qilib kelmoqda. Uning davrida terma jamoa ikki marta Jahon chempionati finalida o‘ynadi va bittasida g‘alaba qozonishga erishdi.
Fikrlar