Didye Desham Frantsiya terma jamoasini tark etadi
Didye Desham endi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi emas.
57 yoshli mutaxassisning terma jamoadagi faoliyati yakunlangani haqida futbol olamidagi ishonchli manba hisoblangan insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi. Avvalroq Deshamning o‘zi ham jamoani 2026 yildgi jahon chempionatigacha boshqarajagini aytgan edi.
Frantsuz mutaxassisi 2012 yil 8 iyuldan buyon terma jamoaga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U o‘sha paytda Loran Blan o‘rnini egallagan. Qariyb 14 yil davomida Desham qo‘l ostidagi Frantsiya jahon futbolida eng muvaffaqiyatli jamoalardan biriga aylandi.
Uning faoliyatidagi eng katta yutuq – 2018 yildgi jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘ldi. Shuningdek, Frantsiya 2022 yildgi jahon chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritdi, 2016 yildgi Yevropa chempionatida esa finalgacha yetib bordi.
Desham bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi uchrashuvini 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bellashuv frantsuzlar uchun 0:2 hisobida mag‘lubiyat bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng uzoq va eng muvaffaqiyatli murabbiylik davrlaridan biri rasmiy yakunlandi.

Fikrlar