"Dinamo" navbatdagi legioner transferini e’lon qildi

  • 25.02.2025 14:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

"Dinamo" klubi 2025 yilgi futbol mavsumi oldidan o‘z tarkibiga yana bir legionerni qo‘shib oldi.

Samarqand klubi nigeriyalik hujumchi Richard Fraydey bilan bir yillik shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. U 27 fevral kunidan "Dinamo"ning Toshkentdagi yig‘iniga qo‘shiladi. 

25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumlarni Shvetsiyaning "GAIS" klubida o‘tkazib, jami 44 o‘yinda 10ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, Richard 2019-2021 yillarda Latviyaning "Liepaya" va "Spartak Yurmala" klublari sharafini himoya qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Moroze Dead
25/02/2025 15:15
Теперь Робинзона надо купить для Пятницы