"Dinamo" nazorat o‘yinida "Olimpik"ni yutdi

  • 10 yanvar, 2024, 14:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi «Olimpik» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, 2-taymda zaxiradan maydonga tushgan Dilshod Rahmatullaev va Bahodir Nasimovning goli Vadim Abramov shogirdlariga g‘alaba keltirdi – 2:0.

Nazorat o‘yini. 10 yanvar
«Dinamo» - «Olimpik» - 2:0
Gollar: Dilshod Rahmatullaev 60, Bahodir Nasimov 75.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Ulug‘bek Abdullaev, Asilbek Temirov, Fransits Narx, Samuel Baxa, Damir Temirov, Humoyunmirzo Iminov, Anvar Hojimirzaev, Emmanuel Yagr.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Akbar Ismatullaev, Anvar Fayzullaev, Kamron Najafaliev, Javlon Malikov, Dilshod Rahmatullaev, Bahodir Nasimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!