"Dinamo" yangi mavsumda BAAda tayyorgarlik ko‘radi

  • 23.12.2025 16:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun, 23 dekabrdan «Dinamo» jamoasi Samarqandda yangi mavsum tayyorgarlik rejasi doirasidagi dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.

Yangi mavsumda yangi marralarni ko‘zlayotgan «Dinamo»ning tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, selektsiya ishlari ham davom ettirilmoqda.

Klub matbuot xizmatining yozishicha, Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa a’zolari 23-30 dekabr kuni Samarqandda mashg‘ulotga kirishsa, Yangi yil bayramidan keyin – 3 yanvar kuni Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Poytaxtda o‘tadigan ikki haftalik tayyorgarlik jarayonidan so‘ng «Dinamo» jamoasi 16 yanvardan Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi. 

Abu-Dabida o‘tadigan ikki haftalik yig‘in davomida bir qator xorij klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda batafsil ma’lumot beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!