"Dinamo"da o‘ynagan Mahammadjonovning ijara muddati tugadi
Superliga-2025 yilgi mavsumining ikkinchi qismida «Dinamo» sharafini himoya qilgan Mahmudjon Mahammadjonov jamoa bilan xayrlashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli himoyachi yozda «Paxtakor»dan ijaraga olingan edi va kelishuv muddati yakuniga etgach, klubiga qaytdi.
Qayd etish joiz, Mahmudjon yarim yil ichida o‘z o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozonishga ulgurdi va «Dinamo»ning eng yaxshi natijasi takrorlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Mahammadjonov Superligada 13 o‘yinda bitta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar