Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Diyor Turopov bir qarorga keldi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Mavsumlar oralig‘ida.

"Neftchi" tarkibiga o‘tgan yili qo‘shilgan Diyor Turopov mavsum davomida nimalarga qodir ekanligini isbotlab, rahbariyat va muxlislar mehri va ishonchini qozondi.

Yarim himoyachi sifatida himoya chizig‘ini mahkam ushlash bilan birga qulay vaziyatlarda hujumga o‘tib jamoaning muvaffaqiyatlariga barakali hissa qo‘shgan bu mohir futbolchi jamoa bilan tuzilgan shartnomasini ikki yilga uzaytirishga qaror qildi.

turopov_1

Ma’lumot uchun futbolchi ushbu mavsumda 24 uchrashuvda maydonga chiqib,1537 daqiqa harakat qildi hamda to‘rt gol muallifi va bir golga assistentlik vazifasini bajardi.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q