Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Dmitriy Bivolning keyingi raqibi tasdiqlandi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

IBF 79,4 kg da chempionlik jangini rasmаn tasdiqladi.

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) 79,4 kg da chempionlik jangini rasmn tasdiqladi. Endi rossiyalik Dmitriy Bivol nemis bokschisi Mixael Ayfertga qarshi ringga ko‘tariladi, deya xabar beryapti "Boxing Scene" nashri.

Qayd etilishicha, IBF bu qarorni ikkinchi bor qabul qilmoqda. Dastlab mazkur bahs 2025 yil oxiriga belgilangan edi, biroq Bivol bel qismidagi operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni sabab tibbiy kechiktirish olgan.

Ma’lumot uchun, Mixael 2018 yilda professional boksdagi faoliyatini boshlagan. Nemis bokschisining eng muhim g‘alabalaridan biri — sobiq jahon chempioni, kanadalik Jan Paskalga qarshi qo‘lga kiritilgan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q