Dominik Tim chorak finalda
Zohir2018
Germaniya unga yoqmoqda
Dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi avstriyalik Dominik Tim Gamburg shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida vengriyalik Marton Fukovich bilan raqobatlashdi.
"Hamburg European Open" turnirining mazkur bahsida Tim raqibini qiyinchilik bilan 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan Dominik, endi navbatdagi bosqichga chiqish uchun rossiyalik Andrey Rublevga qarshi o‘yin o‘tkazadi.


Izohlar (0)