Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Donna Vekich chorak finalda

Izohlar: 0

“WTA Hobart International – 2018” turnirida dastlabki chorak finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Avstraliyada davom etayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida xorvatiyalik Donna Vekich chexiyalik Marketa Vondroushovani, belgiyalik Eliza Mertens esa braziliyalik Beatris Xaddad Mayyani bir hil har ikkala setda 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ukrainalik Lesya Tsurenko qozog‘istonlik Yuliya Putintsevaga qarshi kechgan o‘yinda 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ruminiyalik Mixaela Buzarnesku germaniyalik Anna-Lena Fridsamni 7:5, 6:4 hisobida taslim qildi.

Ertaga Jan Shuay (Xitoy) – Arina Sobolenko (Belarus), Kirsten Flipkens (Belgiya) – Elison Risk (AQSh), Jeymi Furlis (Avstraliya) – Xizer Uotson (Buyuk Britaniya), Monika Nikulesku (Ruminiya) – Varvara Lepchenko (AQSh) o‘rtasida ikkinchi davra bahslari o‘tkaziladi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q