Donna Vekich chorak finalda
Zohir2018
Turnir qizg‘in bahslarga boy o‘tmoqda
Xorvatilyak Donna Vekich va gretsiyalik Mariya Sakkari Adelaida shahrida davom etayotgan musobaqada o‘zaro kuch sinashdi.
Donna turnirning ikkinchi davrasidan o‘rin olgan ushbu o‘yinda raqibini uch setda 2:6, 7:5, 6:1 hisobida taslim qildi.
Endi "Adelaide International"ning chorak finalida D.Vekichga ukrainalik Dayana Yastremskaya qarshilik ko‘rsatadi.

Izohlar (0)