
Donna Vekich final ostonasida turibdi
Xorvatiyalik Donna Vekich va frantsiyalik Kristina Mladenovich Nottingem shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida o‘zaro raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan ular o‘rtasidagi mazkur uchrashuvda Donna raqibini 7:5, 6:4 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi
Shu tariqa "Nature Valley Open Nottingham" turnirining final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Vekich germaniyalik Tatyana Mariya bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar