Donna Vekichning kuchi etmadi
Zohir2018
U musobaqaning to‘rtinchi davrasida to‘xtadi
Xorvatiyalik tennischi Donna Vekich Parij shahrida o‘tayotgan Frantsiya ochiq chempionatining to‘rtinchi davrasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
"Rolan Garros" mazkur bosqichida Donna britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqib, 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Konta musobaqaning chorak final bosqichida amerikalik Sloan Stivens va ispaniyalik Garbin Mugurusa uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.


Izohlar (0)