Donnarumma xushxabar oldi

  • 20.12.2025 00:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Manchester Siti” va Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarummani 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni deb e’lon qildi.

Italiyalik posbon 169 ball to‘plab, ovoz berish natijalariga ko‘ra, “Real” golkiperi  Tibo Kurtua (65 ball) va “Inter” vakili Yan Zommerni (59 ball) katta farq bilan ortda qoldirdi.

IFFHS talqini bo‘yicha 2025 yilning eng yaxshi 10 ta darvozaboni:

  1. Janluiji Donnarumma (“Manchester Siti”, Angliya) — 169 ball;
  2. Tibo Kurtua (“Real”, Ispaniya) — 65;
  3. Yan Zommer (“Inter”, Italiya) — 59;
  4. Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya) — 50;
  5. David Rayya (“Arsenal”, Angliya) — 40;
  6. Alison Beker (“Liverpul”, Angliya) — 24;
  7. Emiliano Martines (“Aston Villa”, Angliya) — 20;
  8. Robert Sanches (“Chelsi”, Angliya) — 15;
  9. Jordan Pikford (“Everton”, Angliya) — 14;
  10. Yassin Bunu (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni) — 13.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!