"Dopingchi" yulduzga oltita klubdan chorlov bo‘ldi
Bir qator klublar «Chelsi» bilan hujumchi qanot hujumchisi Mixail Mudrikning ehtimoliy transferi bo‘yicha aloqaga chiqdi. Bu qiziqish uning doping ishi bo‘yicha diskvalifikatsiya muddati kutilmagan tarzda muddatidan oldin tugaganidan so‘ng kuchaygani aytilmoqda.
The Sun nashri ma’lumoticha, Ukraina terma jamoasi a’zosini Angliya Premier-ligasining uch jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.
Manbalarga ko‘ra, ushbu klublar orasida APLning yangi ishtirokchisi «Koventri» ham bor. Jamoani sobiq «Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard boshqarmoqda. Lempard qo‘l ostida Mudrik oldinroq sakkizta uchrashuvda maydonga tushgan.
Shuningdek, futbolchiga Yevropa qit’asidan yana uch klub nazar solayotgani qayd etilmoqda. Avvalroq «Chelsi» matbuot xizmati Mudrik jamoaning yig‘inlariga qo‘shilganini ma’lum qilgan edi.
Mudrik 2024 yil dekabridan, ya’ni diskvalifikatsiya e’lon qilingan paytdan beri jamoadan alohida tartibda mashg‘ulot olib borgan. Xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchiga o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt berish niyatida. Shundan so‘ng u Mudrikning kelajagi bo‘yicha — to‘liq transfer, ijarа yoki jamoada qoldirish haqida yakuniy qaror qabul qiladi.

Fikrlar