
Dragan Cheran va Jaloliddin Masharipov barchadan ustun
"Paxtakor" Superliganing 2020 yilgi mavsumida raqib darvozasiga 76 gol urishga erishdi.
Eng ko‘p gol Dragan Cheran hisobiga yozildi. U 21 gol bilan nafaqat jamoa, balki Superliga to‘purariga aylandi. Igor Sergeev esa 16 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Eren Derdiyok va Doston Hamdamov 9 martadan to‘p kiritishga erishdi. Jaloliddin Masharipov 6 gol muallifiga aylandi. Gollardan ikkitasini raqib futbolchilari o‘z darvozasiga kiritib qo‘ygan.
"Paxtakor"ning "Superliga-2020"dagi to‘purarlari
21 - Dragan Cheran
16 - Igor Sergeev
9 - Eren Derdiyok, Doston Hamdamov
6 - Jaloliddin Masharipov
3 - Javohir Sidiqov
2 - Sardor Sobirxo‘jaev, Abror Ismoilov, Akram Komilov
1 – Sherzod A’zamov, Asad Sobirjonov, Farruh Sayfiev, Diyor Xolmatov.
Eng yaxshi assistent o‘tgan mavsumdagidek Masharipov bo‘ldi. U 16 marta sheriklarining gol urishida oxirgi uzatmalarni amalga oshirdi. Dragan Cheran 8 bor bu vazifani uddalagan bo‘lsa, Hamdamov va Hamrobekovda bunday uzatmalar soni 5tani tashkil qildi.
"Paxtakor"ning "Superliga-2020"dagi assistentlari
16 – Jaloliddin Masharipov
8 - Dragan Cheran
5 – Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov
4 - Sardor Sobirxo‘jaev, Farruh Sayfiev
3 - Hojiakbar Alijonov, Javohir Sidiqov, Eren Derdiyok
2 - Igor Sergeev, Egor Krimets
1 – Anzur Ismoilov, Vladimir Kozak, Abror Ismoilov.
Fikrlar