Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

DWCS g'olibi 11 million dollar ishlab topdi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Bu haqida Dana Uayt ma'lum qildi

UFC kamari uchun bahsga yaqinlashmagan jangchi ushbu promoushenda o'n million dollar dan ortiq pul ishlab topishi mumkinmi? Ha, deydi dunyodagi eng yirik liga rahbari Dana Uayt.

Bu haqida tashkilot prezidenti Las-Vegasda bo'lib o'tgan "Dana White’s Contender Series" saralash turnirining matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Sizga aytdim-ku, so'nggi o'n yil ichida biz shou ishtirokchilariga 225 million dollar to'ladik. Bu yigitlardan birortasi hech qachon chempionlik unvoni uchun jang qilmasdan, tashkilotda o'n bir million dollar dan ortiq daromad ko'rdi. Shunday ekan, faol bo'ling va har qanday imkoniyatdan foydalanishga tayyor turing, chunki pul ishlash uchun ko'p vaqtingiz yo'q. Bu har qanday sportga tegishli", - dedi Uayt.

Ma'lumot uchun, Aleks Apodaka 25 avgust kuni "Dana White Contender Series" turnirining markaziy to'qnashuvida Bella Mir(Frank Mirning qizi)ga qarshi oktagonga ko'tarildi.

Garchi ushbu bahs oldidan Mir yaqqol favorit sifatida ko'rilgan bo'lsa-da, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Apodakaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu g'alabasi orqali >Aleks 11 mln.dollar ishlab oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q