Dьёkeresh Madridga bormoqchi
Katta klub tanladi
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh qishki transfer oynasida Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin. Futbolchini joriy mavsumdagi o‘yin amaliyotining kamligi qoniqtirmayotgani aytilmoqda.
Teamtalk nashri xabaricha, 28 yoshli forvardga asosiy da’vogarlardan biri sifatida Madriddning «Atletiko» klubi tilga olinmoqda. Shuningdek, unga Angliya premyer-ligasining bir qator jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Angliya chempionati doirasida Dyokeresh uchta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol ham, golli uzatma ham qayd etmadi.
Viktor Dyokereshning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)