Dzyuba: Umid qilaman, Ronalduni jahon chempionatini yutadi

  • 30.05.2026 21:11
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tajriba­li rossiyalik hujumchi Artyom Dzyuba jurnalistlar bilan suhbatda 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur musobaqa AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dzyubaning «Sport-Ekspress» nashriga aytishicha, u Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasidan kelayotgan mundialda g‘oliblikni kutmoqda. Uning ta’kidlashicha, agar portugal­lar Kubokni qo‘lga kirit­sa, bu Ronalduning futbol tarixidagi maqomini yanada mustahkamlab, uni mutlaqo eng buyuk futbolchilardan biriga aylantiradi.

«Bu tarkibdagi Portugaliya terma jamoasi chempion bo‘lishga tayyor», — deya qo‘shimcha qildi Dzyuba.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya jahon chempionatida O‘zbekiston, DR Kongo va Kolumbiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. 41 yoshli Krishtianu Ronaldu uchun ushbu mundial professional karerasidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘lishi kutilmoqda. U shu kungacha jahon chempioni unvonini qo‘lga kirit­a olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!