
Dzyudo. Bugun Parijda "Katta dubulg‘a" turniri start oladi
Bugun Frantsiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri boshlanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qur’aga ko‘ra, hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Yam Volshak (Isroil) / Stenley Pervil (Gaiti)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Fernand Nikero (Gabon) / Xuan Ernandes (Kolumbiya)
-66 kg: Bobur Vadjiev – Felipe Pelim (Braziliya)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Anxzaya Lavjargal (Mo‘g‘uliston) / Turpal Djovkaev (Finlyandiya)
-100 Muzaffarbek To‘raboev – Nikolas Pavlovski (Polsha)
+100 kg: Alisher Yusupov – Saba Inaneishvili (Gruziya)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Freddi Figuero (Ekvador)
Fikrlar