Dzyudochimiz Antalya Gran-prisining finaliga yo‘l oldi
Nurali
Kemran Nurullaev Antalyada o‘tayotgan Gran-prining finaliga yo‘l oldi
Antalyada boshlangan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Biroz avval -60 kilogramm vazn toifasida qatnashgan vakilimiz Kemran Nurullaev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yurtdoshimiz bu yo‘lda Xitoy Taipeyi, Turkiya, Bolgariyaning nomdor dzyudochilarini, chorak finalda esa jahon chempionatining kumush sovrindori ozarbayjonlik Orxan Safarovni, yarim finalda esa o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati g‘olibi turkiyalik Mixrach Akkshni dog‘da qoldirdi.
Nurullaevning finaldagi raqibi Rio olimpiadasining kumush medali sohibi qozog‘istonlik Eldos Smetov bo‘ladi. Hal qiluvchi bellashuvda dzyudochimizga omad tilaymiz.

Izohlar (0)