Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

EChL. "Barselona" - "Inter": Birinchi bahsda jangovar durang

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Chiroyli gollarga boy o‘tgan kecha

Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Inter" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvning 30-sekundida Tyuram hisobni ochdi. Bu gol yarim finallarda urilgan eng tezkor gol sifatida tarixda qoldi. Shundan keyin Dyumfris farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. "Barsa" esa taym so‘nggiga qadar o‘ziga kelib oldi, Lamin va Torresdan gollar. Ikkinchi taymda Dyumfris yana bir marotaba mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Rafinya "pushka"si bilan hisobni tenglashtirdi. 

Shu tariqa, birinchi o‘yinda jamoalar durangga imzo chekishdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q