Ederson — «Manchester Yunayted»ning birinchi yozgi transferi
«Atalanta» jamoasi yarim himoyachisi Ederson Lourenso «Manchester Yunayted» safiga oʻtmoqda. Bu haqida transfer boʻyicha ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, ikki klub Ederson transferi boʻyicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirib boʻlgan. Kelishuv qiymati 45 million evroni tashkil etadi. Yaqin kunlar ichida 26 yoshli braziliyalik futbolchi «Manchester Yunayted» bilan mehnat shartnomasiga imzo chekishi kutilmoqda.
Romano taʼkidlashicha, Edersonni sotib olish «qizil shaytonlar» uchun yozgi transfer oynasining ilk xaridi boʻladi. Jurnalist maʼlumot toʻliq tasdiqlanganini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Ederson barcha musobaqalar doirasida 41 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar