Egor Krimets "Surxon"ga o‘tgach, nimalar dedi?
Tajribali himoyachi qaroridan mamnun.
“Surxon” klubi bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng himoyachi Egor Krimets klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Jamoa meni juda yaxshi kutib oldi. Hammaga rahmat. Chunki ko‘p o‘yinchilar bilan “Paxtakor”da o‘ynaganmiz. Shuning uchun qiyinchilik bo‘lmadi, tezda jamoaga qo‘shilib ketdim.
Murabbiylar shtabida kimdir bilan ishlaganmiz va o‘ynaganmiz. Muammo bo‘lmadi. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi. Yangi 2024 yil bilan “Surxon” muxlislarini, O‘zbekiston xalqini tabriklayman”, - deydi Krimets.

Izohlar (0)