Ejeni Bushar va nihoyat g‘alaba qozondi
Zohir2018
Go‘zal tennischi o‘ziga kelmoqda
Kanadalik tennischi Ejeni Bushar Xyuston shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqani muvaffaqiyatli boshladi.
Ejeni birinchi davrada gretsiyalik Valentini Grammatikopulaga qarshi kortga chiqdi va 7:6, 6:4 hisobida raqibidan ustun keldi.
Bu g‘alaba Ejenining 13 bahsdan iborat g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi va u to‘qqiz oy ichida yakkalik bahslarida ilk bor g‘alabaga erishdi.

Izohlar (0)