Ekspert: Fayzullaev Messi emas, Evropada o‘ynab ketolmaydi!

  • 3 dekabr, 2023, 09:19
  • 8
  • Futbol

TsSKA tarkibida asosiy figuraga aylangan Abbosbek Fayzullaev Rossiya futbolida eng ko‘p muhokama qilinayotgan charm to‘p ustalaridan biri.

2023_10_29_055

Rossiyalik jurnalistlar fikr so‘rab, eng ko‘p murojaat qiladigan mutaxassislardan biri TsSKAning sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov hisoblanadi. Yaqinda undan Abbosbek Fayzullaev haqidagi mulohazalarini bildirishni so‘rashdi.

— Bizning rasvo bo‘lgan futbolimiz fonida Abbosbek Fayzullaevning o‘yini menga juda yoqyapti. Ilgari har bir jamoada unga o‘xshash kamida besh nafar futbolchi bo‘lardi.

Abbosning driblingi zo‘r va hamma darrov uning aynan mana shu jihatiga e’tibor qaratdi. Rossiya futbolida unga o‘xshagan futbolchilar ko‘proq bo‘lishi kerak.

— Fayzullaevni “o‘zbek Messisi” deyishyapti...

— Tabiiyki, Abbos Messi emas. Fayzullaev hozir bizning futbolimizda zo‘r o‘ynayapti. Lekin Evropada o‘ynab keta olmaydi. Avval ham Sergey Pinyaevni ham rosa Evropaga ketadi, deyishgandi.

Biroq Fayzullaev Pinyaevdan ancha qiziqarliroq o‘ynaydi,  — dedi Vladimir Ponomaryov.

e4abbbee433032a416f62032804762e365622831cd6cf592137055

E’tibor qaratadigan jihati shuki, TsSKA o‘z safiga Fayzullaevni qo‘shib olganida, aynan Vladimir Ponomaryov “armiyachilar”ning bu transferini tanqid qilgan va Abbosning Rossiya Premer-ligasida o‘ynab ketishiga shubha bilan qaragan edi. O‘shanda u shunday degan:

— Bu futbolchi 19 yoshida nima qilib bera olardi? Uni qanday qilib etuk futbolchi deyish mumkin? Undan hali ajoyib o‘yinchi chiqadimi? Axir o‘zimizda ham yaxshi yigitlar borku. Ular tarkibga kirishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otishi kerak. O‘zbekning pozitsiyasida to‘pga egalik qila olish, maydonni yaxshi ko‘rish qobiliyati, yaxshi pas berish, tezkorlik , chidamlilik kabi xislatlarni egallagan futbolchi o‘ynashi kerak. 19 yoshli o‘yinchi bunaqa yuklamalarni ko‘tarishi o‘ta qiyin.

Keyinchalik Abbos Fayzullaevning o‘yini ko‘rgan mutaxassis legionerimizning iqtidorini tan oldi.

— Fayzullaevga balli. O‘yinlarda raqiblariga g‘ulg‘ula solyapti, to‘p bilan yaxshi yuguryapti, har doim ochilishga harakat qilyapti. Ko‘p mehnat qilayotgani bois muxlislarning ham qalbidan joy oldi. Lekin u mehnat qilishni to‘xtatsa, vaziyat butkul o‘zgarib ketishi mumkin.

Abbosbekning driblingi zo‘r bo‘lishi krak. Bu borada uning qobiliyati juda yaxshi.  Tezkorligi ham talab darajasida, biroq yana o‘sishi kerak.

Bir vaqtlar “Spartak”da Xusainov o‘ynagan. Uning ham bo‘yi baland bo‘lmagan, lekin bu uning bosh bilan gol urishiga ham xalaqit qilmagan edi. Har qanday holatda ham, Fayzullaev o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi kerak va shunda barcha maqsadlariga erishishi mumkin, — degandi Vladimir Ponomaryov.

63WrFGxK9OOvMbX

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaevning barcha muxlislari, aksariyat mutaxassislar uning Evropa ligalarida o‘ynay olishiga ishonadi. Bunga biroz vaqt kerak xolos.

Eng asosiysi esa, Abbosning o‘zi oldiga katta maqsad qo‘ygan va unga erishish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligini yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farhod Ziyayev
03/12/2023 22:03
Бу сайт охирги вактлар Аббос Файзуллаев номига негатив маколалалар чикармокда. Бу яхши эмаслигини билиб атайлаб шу иш билан шугулланиш, албатта хеч кимга обру ёки машхурлик олиб келмайди. Зур булса шу сайтга кирмаймиз. Узларинг ёзиб укийверинглар савиясиз маколаларингни.
Дилшод Xaмзаев
03/12/2023 14:22
Тўғри Месси эмас.Мессига ўхшашиям шартмас.аммо келажакда европада ўйнаб кетолади.бу проста кўролмаслик бўляпти Аббосга
Ilhom Reymbaeev
04/12/2023 15:56
Özbeklarnı öziça mensimaydı. Lekın xozr uzb rassiyadan ustunroq
Абдухаликов Мухаммад
04/12/2023 08:56
Аббос мехнат килишда давом этса европада уйнаб кетади
&
Bolelshik
04/12/2023 01:19
Tabiiyki, Fayzullaevga Barselonada o'ynashga hali vaqt bor. 1-2 yil. Boshqa Evropa jamoalariga o'tishini to'g'ri emas, Mour ga yoki Ten Hag ga o'xshaganini qo'liga tushsa, o'zini korsataman, deb ezilib ketadi. Eng yaxshimi, Rossiyada lider bo'lib, keyin biror bir ispan klubiga yoki Barselonani o'ziga to'g'ridan-to'g'ri o'tib ketish
&
Азизжон
03/12/2023 12:34
Касалку бу
&
Beks0611
03/12/2023 09:12
Natsist Ponamaryov
&
АБВГДейка
03/12/2023 07:26
Алкашни гаплари