Ekspert: O‘zbekiston jahon chempionatiga tasodifan chiqib qolmagan!
- Zohir Toshxo'jayev
- Izohlar: 0
- Futbol
Rossiyaning CSKA klubi tarkibida to‘p surgan sobiq futbolchi Denis Popov «Evro-Futbol» internet-nashrga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi arafasida O‘zbekiston terma jamoasining salohiyati haqida fikr bildirdi.
- O‘zbekiston "JCh-2026"da o‘ynadi. Rossiya uchun bu raqib Eron yoki Nigeriyaga nisbatan qiyinroqmi?
- Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash oson emas. Lekin baribir gap shundaki, bu jamoa AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yo‘l olgan. Shuning oziyok O‘zbekiston ma’lum darajadagi kuchga ega ekanini ko‘rsatadi, ayniqsa, o‘z maydonida o‘ynayotganini inobatga olsak.
Eng asosiysi – ular so‘nggi jahon chempionati ishtirokchilari.
- Ularning "JCh-2026"da qatnashgani jamoa darajasidan dalolat beradimi?
- Albatta. Ular jahon chempionatiga saralash bosqichlarini amaldagi tizim, format sharoitida muvaffaqiyatli o‘tdi. Jahon chempionatiga tasodifan chiqib qolishning iloji yo‘q, bu jiddiy mehnat va barqaror o‘yin natijasidir.
- O‘zbekistondan RPLda o‘ynagan ko‘plab futbolchilarni bilamiz. Ularni alohida kuzatasizmi?
- O‘sha futbolchilarni maxsus tarzda alohida kuzataman, deb ayta olmayman. Men uchun asosiy e’tibor – o‘z terma jamoamiz o‘yini. Shu qiziqroq. Hozircha meni O‘zbekiston bilan bog‘lab turadigan omil yo‘q.
Men ko‘proq bizning futbolchilarga qaramoqchiman, ular maydonda o‘zini qanday ko‘rsatadi – shu muhim. Shu bilan birga, bu o‘rtoqlik o‘yini, rasmiy bo‘lmagan uchrashuv ekanini ham unutmaslik kerak.
O‘zbekiston terma jamoasining eng kuchli tarkibi maydonga tushadimi-yo‘qmi, hali aniq emas. Katta ehtimol bilan yetakchi futbolchilarning o‘zi kelmasligi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bu ikki jamoa ilgari bir marotaba to‘qnash kelgan. 2022 yili Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda hisob ochilmagan edi.