El-Shaaraviy Italiyada yangi klub topdi
Stefan El-Shaaravi erkin agent sifatida «Jenoa» bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolashi mumkin.
Italiyalik hujumchi Stefan El-Shaaravi faoliyatini «Jenoa» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Insayder ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilishiga yaqin. Tomonlar hozirda 2028 yilgacha mo‘ljallanaotgan mehnat shartnomasi shartlarini muhokama qilmoqda.
33 yoshli forvardning so‘nggi klubi «Roma» edi. O‘tgan yozda uning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi muddati yakunlandi va u erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi.
Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Stefan 20ta o‘yinda maydonga tushdi. El-Shaaravi o‘z hisobiga bir gol va ikki golli uzatma yozdi.

Izohlar (0)