Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

El-Shaaraviy yangi klub topdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Jenoa» oʻz tarbiyalanuvchisi, 33 yoshli Stefan El-Shaaravini erkin agent sifatida tekin transfer orqali qaytarib oldi.

«Jenoa» tarkibi yana bir tajribali futbolchi bilan toʻldirildi – klub oʻz tarbiyalanuvchisi Stefan El-Shaaravi bilan shartnoma imzoladi.

33 yoshli vinger jamoaga erkin agent sifatida qaytdi. U oʻtgan mavsum yakunlangach «Roma»ni tark etgani sababli, yangi klubiga tekin transfer orqali oʻtdi.

El-Shaaravi «Jenoa» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U katta futboldagi faoliyatini aynan shu jamoada boshlagan va 2010 yilgacha genuyaliklar sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q